O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammitidagi nutqida
Oʻzbekistonda kelgusi yili “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatida taʼlim vazirlarining birinchi yigʻilishini, shuningdek, mintaqadagi yetakchi universitetlar rektorlarining ilk forumini oʻtkazishni taklif etdi.
“Yaponiyaning taʼlim va malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi koʻmagini yuksak baholaymiz. Taʼlim, ilmiy va akademik almashuvlarni bundan buyon ham kengaytiramiz va qoʻllab-quvvatlaymiz.
Yoshlar hamjamiyatlari oʻrtasida uzoq muddatli aloqalarni shakllantirish, ularning ijodiy, texnologik va professional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan Yoshlarni rivojlantirish mintaqaviy tarmoq dasturlarini qabul qilish tarafdorimiz”, dedi Prezident.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
