Yaponiyadagi o‘zbekistonlik talabalar Prezident rasmiy tashrifi arafasida samimiy videoqutlov tayyorladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida ushbu davlatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar samimiy videoqutlov tayyorladilar.
Mazkur tashabbus yoshlarimizning Vatanga, davlatimiz rahbariga bo‘lgan hurmati va sadoqati, shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usining yorqin ifodasidir.
Xorijda tahsil olayotgan iqtidorli va tashabbuskor talabalarimizning har bir yutug‘i, har bir tashabbusi O‘zbekiston yoshlarining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
