+998-79-220-64-40navoiy_kasb-hunar@exat.uz

Kasbiy ta’lim sohasida maxsus davlat akk

Kasbiy ta’lim sohasida maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish bo‘yicha muhim yangilik!

🇺🇿Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining “Kasbiy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3717, 01.12.2025 yil).

✅ Unga ko‘ra, 6 ta yo‘nalish doirasida 31 ta mezon bo‘yicha indikatorlar belgilandi.

✔️Barcha indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi.

✅ Bunda:
🔹60% va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq”;
🔹50% dan 60% gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”;
🔹50% gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas” deb topiladi.

❗️Agar majburiy indikator “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qat’i nazar, mezon ham “muvofiq emas” deb baholanadi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#maxsus_akkreditatsiya #indikatorlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook