#xalqaro_forum #1_kun
🇺🇿 🇨🇳 Xitoy ta’lim forumining birinchi kuni yakunlandi
“Trans-Osiyo Iqtisodiy Yo‘lagi doirasida Inson–Sun’iy Intellekt Hamkorligi, Ta’lim va Sanoat Integratsiyasi Hamjamiyatining ta’sis yig‘ilishi va xalqaro ta’lim–sanoat integratsiyasi bo‘yicha yuqori sifatli rivojlanish” kabi nufuzli xalqaro forumda ikki mamlakatdan mas‘ul rahbarlar kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari ishtirok etdi.
Anjumanning ilk kuni rasmiy ochilish marosimi va bir qator tematik sho‘ba yig‘ilishlari bilan o‘tdi. Unda ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, o‘zaro tajriba almashildi.
Dastlabki kun yakunida O‘zbekiston va Xitoyning mas‘ul rahbarlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi hamda bitimlar imzolandi.
Bizni kuzating👇
@OTFIV_Navoiy
