+998-79-220-64-40navoiy_kasb-hunar@exat.uz

Erasmus+ Milliy ofisi koordinatori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

23-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi koordinatori Aziza Abdurahmonova bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot chogʻida Erasmus+ dasturi doirasidagi Oliy taʼlimni isloh qilish boʻyicha ekspertlar guruhi (HEREs) jamoasining joriy faoliyati yuzasidan maʼlumot berildi, yil yakuniga qadar rejalashtirilgan tadbirlar va tashabbuslar muhokama qilindi. Shuningdek, 2025-yil uchun moʻljallangan ish rejasi hamda texnik koʻmak missiyalari (TAM) doirasidagi tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.