Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligi bilan ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hujjat imzolandi
Ayni kunlarda Yaponiya xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligi (JST) prezidenti Kazuhito Hashimoto bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ilmiy salohiyatni oshirish, shuningdek, olimlar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/111840
👉 На русском
👉 In English
#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya #memorandum
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
