#Xalqaro_hamkorlik #ECOSF
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
17-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ECO Science Foundation (ECOSF) prezidenti Sayyed Komail Tayebi bilan uchrashdi.
Suhbat davomida a’zo davlatlar bilan hamkorlikda energetika, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘shma tadqiqotlarni moliyalashtirish, O‘zbekiston hududida ilmiy forumlar, yozgi va qishki maktablar, “workshop”lar o‘tkazish hamda iqlim o‘zgarishi, suv resurslari, oziq-ovqat xavfsizligi va transport logistikasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/111784
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
