+998-79-220-64-40navoiy_kasb-hunar@exat.uz

#qonunchilik_yangiliklari

#qonunchilik_yangiliklari

Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari belgilandi

Adliya vazirligi Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 58-moddasiga ko‘ra, professional (kasbiy) ta’limni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va ta’lim dasturlariga muvofiqlik jihatdan kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.

Mazkur idoraviy hujjat bilan 7 ta yo‘nalish doirasidagi 37 ta mezon bo‘yicha kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda foydalaniladigan 203 ta indikator belgilanmoqda.

Unga ko‘ra, 12 ta (5.9 foiz) majburiy indikatorlar (kutubxonada o‘quvchilar kontingentiga mos o‘quv adabiyotlarining mavjudligi, ta’lim dasturlari va o‘quvchilar kontingentiga mos bino (inshootlar) bilan ta’minlanganlik va b.) hamda 191 ta (94.1 foiz) umumiy indikatorlar (o‘quv xonalarining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilganligi, pedagog va o‘quvchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralari ko‘rilganligi va b.) mavjud bo‘lib, “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi.

✅ Bunda:

🔹 50 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas”;
🔹 50 foizdan 60 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”;
🔹 60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq” deb topiladi.

❗️Agar majburiy indikator “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qat’i nazar, mezon ham “muvofiq emas” deb baholanadi.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram