+998-79-220-64-40navoiy_kasb-hunar@exat.uz

Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun q

Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlatmiz. Bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlikni ham kuchaytirdik.

Ammo bu bilan cheklanib qolmaslik kerak. Zo‘ravonlik holatlariga qarshi tezkor chora ko‘rishning samarali tizimini ishlab chiqish zarur.

Ko‘pincha haqiqiy ahvol ko‘zga ko‘rinmaydi, ko‘p narsa yashiriladi. Biz hali ham statistikani oshkor qilishdan, ta’na-malomatga qolishdan, obro‘yimiz to‘kilishidan qo‘rqamiz, tanqidni qabul qilolmaymiz.

Bugun mas’ul rahbarlar bilan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, ularga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish, erta homiladorlik sabablari va ularning oldini olish choralari kabi dolzarb masalalarni muhokama qildik.

Barcha mas’ul rahbarlarni bugungi suhbatdan tegishli xulosa chiqarishga chaqiraman. Zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash, ayollar va bolalarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish quruq gapda emas, amalda namoyon bo‘lishi kerak.

Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq.

Мы — первая страна в Центральной Азии, которая приняла закон против домашнего насилия. Ужесточили ответственность за половые преступления против детей.

Но нам нельзя останавливаться. Должна быть создана эффективная система оперативного реагирования на факты насилия.

Часто реальная картина не видна, многое скрывается. Мы по-прежнему боимся статистики, боимся взысканий, боимся плохо выглядеть в глазах окружающих и не приемлем критику.

Сегодня с ответственными руководителями мы обсудили актуальные вопросы обеспечения защиты прав женщин и детей, противодействие насилию в отношении них, причины и меры по недопустимости ранней беременности.

Я призываю всех ответственных руководителей сделать вывод из сегодняшней беседы. Непримиримая борьба со всеми проявлениями насилия, эффективная защита прав и интересов женщин и детей должны вестись не на словах, а на деле.
Человеческая судьба гораздо важнее статистики.