+998-79-220-64-40navoiy_kasb-hunar@exat.uz

🇺🇿Oʻzbekiston “Dubay–2025” V Para Osiyo

🇺🇿Oʻzbekiston “Dubay–2025” V Para Osiyo oʻyinlarida birinchi oʻrinni egalladi

🏃‍♀️ Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 7-14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, tarixiy natija qayd etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi vatanimizga qaytib keldi.

Delegatsiya a’zolari poytaxtimizdagi “Humo” Toshkent xalqaro aeroportida rasmiylar tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida sport jamoatchiligi vakillari, sport faxriylari, ommaviy axborot vositalari hamda muxlislar ishtirok etdi.

📑 Ta’kidlash joiz, mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston yosh para sportchilari yuksak natija ko‘rsatib, 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi hamda 35 ta davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Xususan, Oʻzbekiston delegatsiyasi sportning
🏃‍♂️ para yengil atletika,
🥋 para taekvondo,
💪 bochcha,
🏊‍♀️ para suzish,
💪 para armrestling,
🥏 para pauerlifting sport turlari boʻyicha musobaqada ishtirok etib, jami 197 ta medal qo’lga kiritdi va umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egalladi.

Ushbu natija mamlakatimizda para sportni rivojlantirishga qaratilayotgan tizimli islohotlar, sportchilarga yaratilayotgan sharoitlar va murabbiylar mehnatining amaliy samarasidir.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram