⚡️Akademik litsey va kasbiy ta’lim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiya 16-dekabr kuni test shaklida bo‘lib o‘tadi
Test sinovlari testadmin.uzedu.uz platformasi orqali markazlashgan holda belgilangan 14 ta hududdagi binolarda (rasmda ro‘yxat👆) real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi.
🕘 Test sinovlari uch smenada tashkil etiladi:
1️⃣-smena — soat 09:00
2️⃣-smena — soat 11:30
3️⃣-smena — soat 14:00 boshlanadi.
📋 Pedagoglar test sinovlariga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari zarur:
— pasport yoki ID-karta;
— pedagog ruxsatnomasi (pedagog.edu.uz platformasi orqali yuklab olinadi).
Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida soat 09:00dan 18:00gacha apellyatsiya komissiyasiga yoki vazirlikning rasmiy elektron pochtasi (pedapellatsiya@edu.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.
Pedagoglardan belgilangan vaqtga qat’iy rioya etish hamda test sinovlari boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin yetib kelishlari so‘raladi.
Test o‘tkaziladigan binolar joylashuvi:
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Namangan viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent shahar va Toshkent viloyati
📍Farg‘ona viloyati
📍Xorazm viloyati
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
