+998-79-220-64-40navoiy_kasb-hunar@exat.uz

📌 NAVOIY DELEGATSIYASINING XITOY XALQ RE

📌 NAVOIY DELEGATSIYASINING XITOY XALQ RESPUBLIKASIGA RASMIY TASHRIFI YAKUNLARI

2024-yil 5–11-dekabr kunlari Navoiy viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Navoiy davlat universiteti hamda viloyatdagi texnikumlar rahbar va vakillaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifni amalga oshirdi.

🔹 Boao shahri (Hainan provinsiyasi)
Tashrif doirasida delegatsiya xalqaro forumda ishtirok etdi. Forumda Navoiy viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i F. To‘xtayev nutq so‘zlab, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari haqida ma’ruza qildi. Tadbir yakunida bir qator uch tomonlama hamkorlik bitimlari imzolandi.

🔹 Chongqing provinsiyasi
Delegatsiya Chongqing Industry Polytechnic University rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
— Sun’iy intellekt
— Qurilish sohasi
— Muhandislik texnologiyalari

Shuningdek, delegatsiya quyidagi yirik ilmiy va innovatsion markazlar faoliyati bilan tanishdi:
• China Merchants Group
• Automotive Software Innovation Center
• Sino-German TUV Rheinland Innovation Center

Muzokaralar natijasida Navoiy viloyatida ilmiy-tadqiqot va innovatsion markaz tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

🔹 Pekin shahri — Xitoy Xalq Respublikasining Milliy taraqqiyot va islohotlar komissiyasi
Tashrif doirasida Navoiy viloyatidagi texnikumlar va Xitoyning yetakchi kasb-hunar universitetlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi:

• Navoiy davlat universiteti — Vuwei va Nanchun kasb-hunar universitetlari
• Qiziltepa 2-son texnikumi — Jilin sanoat instituti
• Navbahor 3-son texnikumi — Pekin qishloq xo‘jaligi instituti
• Navbahor 1-son texnikumi — Shaanxi kasb-hunar instituti
• Uchquduq 1-son texnikumi — Shaanxi energetika instituti
• Qiziltepa 3-son texnikumi — Chongqing kasb-hunar kolleji
• Zarafshon 1-son texnikumi — Dezhou kasb-hunar instituti

Bizni kuzating👇
@OTFIV_Navoiy