⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat granti bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2025-yil 11-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar berildi.
📱 Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
💳 11-dekabr kuni test sinovlari Namangan, Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida 1-smenada hamda Toshkent shahrida 2-smenada o‘tkaziladi. Talabgorlar binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
⚠️ 1-smena uchun kirish vaqti soat 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
2-smena uchun kirish vaqti soat 12:30 dan 13:30 gacha. Soat 13:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
✔️ Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ortiqcha buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar) olib kelmaslik so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
