+998-79-220-64-40navoiy_kasb-hunar@exat.uz

Hurmatli ustozlar, oʻquvchilar, talaba-y

Hurmatli ustozlar, oʻquvchilar, talaba-yoshlar, aziz yurtdoshlar!

Sizlarni 8-dekabr — Konstitutsiya kuni bilan samimiy iftixor bilan muborakbod etamiz. Konstitutsiya — yurtimiz mustaqilligi, xalqimiz erkinligi hamda huquq va adolat garovi.

Bosh qomusimiz — davlat va jamiyat barqarorligining kafolati, demokratik huquqiy davlat qurilishining poydevori, fuqarolar huquq va erkinliklarining garovi, Vatanimiz taraqqiyot yoʻlidagi muhim yoʻnalishlarning huquqiy asosidir. Bugungi kunda taʼlim, fan, innovatsiyalar va ijtimoiy rivojlanish sohalaridagi islohotlar, milliy kadrlar tayyorlash va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar — konstitutsiyaviy asosda yuritilayotgan ezgu ishlar zamirida amalga oshmoqda.

Konstitutsiya kuni bayrami fidokor ustoz va olimlarimizni, mehnatsevar muhandis-kadrlarimizni, tashabbuskor talabalar va yoshlarimizning bilim va kasb mahoratini Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻliga safarbar etishga chorlaydi. Ushbu qutlugʻ sana barchamizni yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga ruhlantiradi.

Konstitutsiya barqarorligi va umummilliy maqsadlar yoʻlida barchamiz bir safda boʻlaylik!

Qoʻngʻirotboy Sharipov,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram