🇺🇿 🇨🇳 NAVOIY VILOYATI DELEGATSIYASINING XITOYGA TASHRIFI DAVOM ETMOQDA
Bugun Navoiy viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Chongqing Industry Polytechnic University oliy ta’lim muassasasiga rasmiy tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish va quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi:
• 🤖 Sun’iy intellekt
• 🏗️ Qurilish
• ⚙️ Muhandislik texnologiyalari
Tashrif natijasida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha Navoiy viloyatida oliy va kasbiy ta’lim tizimida yangi hamkorlik loyihalari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
Navoiy viloyati va Chongqing o‘rtasidagi bu aloqalar kelajakda ilmiy-amaliy tajriba almashinuvini kuchaytirib, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishiga ishonch bildirildi.
Bizni kuzating👇
@OTFIV_Navoiy
