+998-79-220-64-40navoiy_kasb-hunar@exat.uz

🇺🇿 🇨🇳 Navoiy viloyat oliy ta’lim, fan va

🇺🇿 🇨🇳 Navoiy viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Navoiy davlat universiteti hamda viloyat kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlaridan iborat delegatsiya rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrifning birinchi kuni yirik xalqaro ta’lim forumida ishtirok etish bilan boshlandi. “Trans-Osiyo Iqtisodiy yo‘lagi doirasida inson–sun’iy intellekt hamkorligi, ta’lim va sanoat integratsiyasi” mavzusidagi ushbu forumda ikki davlatning mas’ul rahbarlari, ilmiy doira va ta’lim sohasining yetakchi mutaxassislari qatnashdi.

Kun davomida rasmiy ochilish marosimi, tematik sho‘ba yig‘ilishlari hamda ta’lim–fan–sanoat integratsiyasi yuzasidan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashib, qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashdilar.

Forum yakunida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan memorandum va bitimlar imzolandi.

Tashrifiga doir keyingi yangiliklarni kuzatib boring👇

Bizni kuzating👇
@OTFIV_Navoiy