Seulda “Global Sun’iy intellekt iste’dodlari va ta’lim forumi 2025″ boʻlib oʻtdi
4-dekabr kuni Koreya Respublikasining Seul shahrida nufuzli “Global Sun’iy intellekt iste’dodlari va ta’lim forumi 2025″ (2025 Global AI Talent & Education Forum) boʻlib oʻtdi. Tadbirda dunyoning yetakchi kompaniya va tashkilotlari, vazirliklar, davlat idoralari, ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi ham forumda faol qatnashdi.
Forumning “Milliy strategiyalar va global taʼlim hamkorligi: Sunʼiy intellekt kadrlari tayyorlash uchun global strategiyalar va hamkorlik tarmogʻi” nomli panel sessiyasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimqulov soʻzga chiqdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108321
👉 На русском
👉 In English
#xalqaro_hamkorlik
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
