+998-79-220-64-40navoiy_kasb-hunar@exat.uz

Sankt-Peterburgda “Professionallar” xalq

Sankt-Peterburgda “Professionallar” xalqaro kasbiy mahorat chempionatida Oʻzbekiston vakili 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi

2025-yil 27-noyabr – 4-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Hukumati tashabbusi bilan Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida “Professionallar” xalqaro kasbiy mahorat chempionati oʻtkazildi.

Nufuzli musobaqada jami 41 davlat vakillari 27 ta kompetensiya boʻyicha bellashdilar.

Chempionatda Oʻzbekiston kasbiy taʼlim tizimi vakillari ham munosib ishtirok etdilar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy Agrotexnologiyalar texnikumi oʻquvchisi Nursulton Rustambayev (ustozi — Atham Tangirbergenov) “Metallarga ishlov berish” kompetensiyasi boʻyicha final bosqichida berilgan uchta amaliy topshiriqni mukammal bajardi.

Natijada Nursulton Rustambayev nufuzli xalqaro chempionatning finalida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Ushbu yutuq mamlakatimiz kasbiy taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy oʻquv dasturlari va amaliyotga yoʻnaltirilgan oʻqitish tizimi samaradorligining yorqin ifodasi boʻldi.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram