+998-79-220-64-40navoiy_kasb-hunar@exat.uz

#qonunchilik_yangiliklari

#qonunchilik_yangiliklari

Adliya vazirligi Ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 2431-5, 21.11.2025-y.).

Unga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹to‘lov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

🔸to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.

Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi to‘lov muddatlarini uzaytirishi mumkin.

Kontraktdan tushgan mablag‘lar xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va ularning stajirovka o‘tashlariga sarflanishi mumkin.

Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari o‘z talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida 1 yilda bir talabaga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram